Qashqadaryoda uyida 5 bosh eshak so‘ygan shaxsga 900 ming so‘m jarima solindi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro uyida eshaklarni so‘yganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.


Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 1 iyul kuni soat taxminan 15:00 larda Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi T.Sh.ning uyida jiyani B.L. 5 bosh eshaklarni so‘yganligi aniqlangan.

Eshak go‘shtlari tuman veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan va tegishli xulosaga asosan go‘sht mahsulotlari yo‘q qilingan.

Koson tumani IIB tomonidan B.L.ga nisbatan MJtKning 111- moddasi 1- qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 baravari (900 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.