Bugun qaysi joylarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 5 iyul kuni respublika bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 30 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.