Ushbu sun’iy intellekt yaratilishdan maqsad esa Xitoy Kommunistik partiyasi a’zolarining sadoqatini oshirish hamda ularning qat’iylik va dadillik bilan qilingan harakatlarini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Xitoyda chop etiladigan «The Times» nashri muhbiri Didi Tangning so‘zlariga ko‘ra, ushbu sun’iy intellekt tizimi Hefei milliy tadqiqot markazi tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan.
Bu tizim insonning yuz ifodasi va miya to‘lqinlarini aniqlab, ularni tahlil qilish orqali ishlaydi. Tizim haqidagi to‘liq tafsilotlar 1 iyul kuni internetga joylangan maqolada o‘z aksini topgan. Maqolada aytilishicha, «bir tomondan ushbu sun’iy intellekt partiya a’zolarining qanday qilib fikrlarni qabul qilishini baholaydi. Boshqa tomondan esa o‘sha fikrlar uchun haqiqiy ma’lumotlar bilan ularni ta’minlaydi».
Tadqiqot markazi SI tizimini sinovdan o‘tkazishda 43 ta partiya a’zosidan yordam berishini so‘ragan. Jarayon quyidagicha kechgan. Sinov uchun tanlab olingan kishi kiosk (gazeta, shirinliklar sotiladigan butka)ga kirgach qarshisida turgan kameraga qaraydi. Kamera uning yuz ifodasini xotirada yozib oladi va tahlil olib boradi.
Aytish mumkin, bu kabi miya to‘lqinlarini o‘quvchi tizim xitoyliklar uchun yangilik emas. 2018 yilda «South China Morning Post»ida miyani skanerlovchi texnologiya Hangjoudagi zavod ishchilarida qo‘llanilib ko‘rilgani to‘g‘risida xabar qilingan edi.
Kommunistik Partiya yetakchisi, Prezident Si Szinpinning ishonishicha, ushbu yaratilgan sun’iy intellekt tizimi «partiyaning sadoqat tamoyillari uchun muhim»ligi ta’kidlangan.