42 mamlakat va tashkilot Ukrainani qayta tiklash to’g’risida deklaratsiya qabul qildi

Shveysariyaning Lugano shahrida bo’lib o’tgan Ukrainani qayta tiklash bo’yicha konferensiyaning 42 davlat va tashkilot vakillari tomonidan imzolangan yakuniy deklaratsiyasi e’lon qilindi.

Hujjat qonuniy kuchga ega emas. Unda jahon hamjamiyati Ukrainaning tiklanishiga yordam beradigan umumiy tamoyillar bayon etilgan. Hujjatda, shuningdek, tiklash rejasi «yashashi» va o’zgarishi mumkinligi aytiladi.

Hujjatni imzolagan davlatlar Ukrainani qayta tiklash bo’yicha xalqaro sa’y-harakatlar Ukraina rasmiylari tomonidan nazorat qilinishi, jarayon esa odamlarning demokratik ishtiroki va gender tengligi tamoyiliga asoslangan holda to’liq moliya