Andijonda 37 nafar fuqaro «fast-fud»dan zaharlandi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolar ovqatdan zaxarlanganligi to‘g‘risilagi maьlumotlar tarqaldi. Sanepidxizmat Matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 6 iyul kuni soat 12:10 larda tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Qo‘rg‘ontepa tuman «Ijtimoyat» MFYda yashovchi 2006 yilda tug‘ilan Gʻ.M o‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

Bemorga zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilib, kasallik sabablari o‘rganilganda bemor 5 iyul kuni tuman markazida joylashgan “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shaxobchasidan nonbyrger sotib olib, istemol qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu kunning o‘zida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqarolar yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman Yukumli kasalliklar shifoxonasigaga murojaat qilishgan. Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazildi. Xozirda bemorlarning umumiy axvoli qoniqarli. Bemorlarga “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 6 iyul 23:00 xolatiga shifoxonada jami 37 nafar bemorlar murojaat qilgan bo‘lib bemorlarning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy xolatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olindi.

Kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shaxobchasida epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda. “FRESH FOOD 2020” oilaviy korxonasiga qarashli 3 ta shaxobchasi faoliyati shu kuning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatildi va maxsulotlar tayyorlash xonasi xamda omborxonadagi maxsulotlardan namunalar olinib Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.