Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 16.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Z.Azimovadan undiruvchi Sh.Azimova foydasiga turmush davrida ortirilgan mulkni er-xotinning umumiy mulki deb topish, merosxo‘r deb topish, meros ulushini pul shaklida ajratib, 296 mln. 917 ming.137 so‘m undirish belgilangan.
Mazkur ijro ishi ishi Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, davlat ijrochisi M.I.Raxmanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi” Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga ihtiyoriy muddat berilib, ijro hujjati yuzasidan qarzdorga huquq va majburiyati to‘liq tushuntirilgan.
To‘lov topshiriqnomaga ko‘ra 296 mln. 917 ming.137 so‘m uy ulushi undiruvchi foydasiga to‘liq undirildi.
Yuqoridagilarga asosan ijro hujjati ijrosi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.