Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkentda 9 iyul kuni ayrim ko‘chalar transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu kuni soat 00:00 dan soat 07:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:
Olmazor tumani:
«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Chilonzor tumani:
«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor 2-darajali yo‘lining Muqimiy ko‘chasidan Baynalmilal ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galliota ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
Shayxontohur tumani:
«Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Kamolon ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Kattabog‘ 6-tor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
«Shayx Zayniddin» masjidi odidagi Ko‘kcha darboza ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yunusobod tumani:
«Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Sh.Rashidov ko‘chasidan Ko‘rgazma ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
«Mirza Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasining A.Temur shohko‘chasidan Bodomzor yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Maz’un» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasining Qushbegi ko‘chasidan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Tolimarjon ko‘chasidan A.Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Xabarda aytilishicha, sharoit taqazo etganda Toshkentdagi boshqa jome masjidlari atrofidagi ko‘chalar ham qisman yopilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Qurbon hayiti namozi ertalab soat 05:20 da o‘qiladi. Fuqarolarning masjidlarga kelib ketishi uchun maxsus avtobuslar tashkil etiladi. Shu kuni metropoliten ishi soat 04:00 dan boshlanadi.