2030 yilgacha 100 yoshdan oshgan kishilar soni 1 milliondan oshishi kutilmoqda (tahlil)

2030 yilgacha 100 yoshdan oshgan kishilar soni 1 milliondan oshishi kutilmoqda. 1900 yildan buyon 100 yoshdan oshganlar soni ko‘payib bormoqda. BMT ning aniqlashicha 2021 yil hisobi bilan dunyo miqyosida 100 yoshdan oshganlar soni 621 mingdan ziyod. Bu raqamning 2030 yilgacha 1 milliondan oshishi kutilmoqda. 

Jozefa Marias hayotining katta qismini dehqonchilik bilan o‘tkazgan. 2022 yilning boshida ushbu keksa ayol 120 yoshini nishonladi. Uning 22 ta farzandi bor. Onaxonning tug‘ilganlik guvohnomasida tavallud kuni 1902 yil 7 fevral deb ko‘rsatilgan. Mahalliy televideniye uni “Dunyoning eng keksa odami” deb e’tirof etgandi. Biroq u Ginnes rekordlar kitobiga kira olmadi. Chunki uning boshqa bir raqibi bor edi. 

2030'a kadar 100 yaşını aşan kişilerin sayısının bir milyonu aşması bekleniyor

DUNYONING ENG KEKSA ODAMI ROHIBA ANDRE

Hozirda dunyoning eng keksa odami deya Fransiyalik 118 yoshli Lusila Randon hisoblanadi. U “Rohiba Andre” nomi bilan mashhurdir. Eng keksa erkak unvonining egasi esa 113 yoshli Venesuyelalik Juan Visente Moradir. Rohiba Andre o‘z rekordini qo‘ldan boy berishi ham mumkin. Zero, so‘nggi yillarda dunyo miqyosida 100 yoshdan oshganlar ko‘payib boryapdi. 

Josefa Maria da Conceicao sigarayı bu yıl bıraktı.

BU RAQAMLAR 621 MINGDAN OSHDI

BMT ning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, 1990 yilda 100 yoshga yetganlar soni 92 000 ta edi. O‘sha vaqtlarda bu raqam ham katta natija edi. Insoniyat, avvalgi nasllarga qaraganda yanada yaxshiroq dori-darmonlar kashf qilingani, oziq-ovqat va turar joy masalalarida yanada ilgarilab ketgani bois raqam tezlikda yuqorilab ketdi. BMT bu boradagi xulosаlarni aniqlab qayd qila boshlaganida taxminan 1960 yillar bo‘lib, o‘sha paytdagi o‘rtacha umr 52 yosh deb ko‘rsatilgandi. Albatta bu raqam turli davlatlarda har xil. Jumladan, Yaponiyada o‘rtacha umr 85 yoshni tashkil qiladi. Afrikada esa 54 yosh. Aniqlanishicha, keksa yoshdagi insonlarda surunkali kasalliklarga chalinish ko‘p uchraydi. Birmingam Universiteti hujayralar biologiyasi mutaxasisi professori “Uzoq yashash, yaxshi yashash degani emas” deydi.

Guinness Rekorlar Kitabı'na göre Rahibe Andre 118 yaşında.

 

 Professor Lordning ta’kidlashicha, erkaklar hayotining o‘rtacha 16 yilini kamqonlik yoki boshqa turli kasalliklar bilan o‘tkazadi. Ayollarda esa bu muddat 19 yilni tashkil qiladi. 

110 YOSHDAGILARNING SIRI

 110 yoshga yetish yanada qiyin. Boston Universitetining olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra 5 million Amerikalikdan faqat bittasigina 110 yoshga kira oladi. 

AQSH da 2010 yilda 110 yoshdagilarning soni 60-70 ta atrofida edi. 2017 yilda bu raqam 150 taga yetdi. Bu yoshdagi keksalar tabiiy ravishda yosh borasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning e’tiborini tortadi. Professor Lord, “Bu keksalar avvalgi ilmiy xulosalarni yo‘qqa chiqarishyapdi. Buning sababini haligacha aniqlay olmadik” deydi. 

Japonya yaşlı

110 yoshli keksalarning sog‘ligi yoshlariga nisbatan ancha yaxshi. Masalan, Jozefa Marias ham kundalik dorilarni ichmaydi, hatto go‘sht ham iste’mol qiladi. 

“BUNCHALIK HAYOT TARZIGA LOL QOLAMAN”

“U ba’zi narsalarni eslay olmaydi va ko‘zlari yaxshi ko‘rmaydi”.

 76 yoshli Sisera “Onam avvalgidek yurolmaydi. Uni hamma joyga eltib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Lekin hayotining aksar qismini sog‘lom turmush tarziga rioya qilmasdan yashab o‘tkazgan onamning bunchalik umr kechirayotganiga hayron qolaman” deydi. 

Jeanne Calmet 1977'de 122 yaşında öldü.

 Brighton Universitetida professor Richard Frager: “Bunday uzoq umr ko‘rishni xohlovchilarga biz ushbu keksalardan ko‘p yashash uchun tavsiya olishlarini ayta olmaymiz. Chunki ular sog‘lom va uzoq umr kechirish uchun biz beradigan tavsiyalarning butunlay aksini qilishgan, ularning uzoq umr ko‘rishining boshqa siri bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi. 

GENETIKA BILAN BOGʻLIQMI? 

 Olimlar uzoq yashashda genetikaning ham ulkan roli bor deb hisoblashadi. 100 yoki 110 yoshdan oshganlar keksalikka qarshi o‘zlarini himoya qila oladigandek xulosa kelib chiqmoqda. 

Bugungi kungacha eng uzoq umr ko‘rgan inson 1977 yilda 122 yoshida vafot etgan Fransuz fuqarosi Janna Kalmet hisoblanadi. 

Kendisi 96 yaşında olan İngiltere Kraliçesi 2'nci Elizabeth, gelenekler uyarınca 100 yaşını aşmış kişilere mektup gönderiyor.

Vashington Universiteti olimlari ushbu yuz yil ichida insoniyat 125 hatto 130 yil umr kechirishi mumkin deb xulosa qilishmoqda.

Dilbar Rajabova tayyorladi