Ovqatlanish ratsioniga amal qilinmasa, nima sodir bo‘ladi?

Ancha yillar avval o‘sma kasalliklari nasliy deb hisoblanardi, endilikda esa bu kasallik yon-atrofimizda juda ko‘p uchrayapti, bu esa o‘z-o‘zidan nasliy emasligi, hozirgi kundagi insonlarning yashash sharoitlaridan kelib chiqayotganini bildiradi.

Hozirgi kunda o‘sma kasalliklarining kelib chiqishi ovqatlanish faktoriga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turibdi.

Toksinlar ichki organlarga to‘planadi va bu organizmda gormonal buzilishlar, immunitet susayishi va boshqa qator kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Chekishni tashlang! Chekadigan insonlarda o‘pka raki chekmaydigan insonlarga nisbatan ancha ko‘p uchrashi statistikada isbotlangan. Kamroq shakarli mahsulotlar hamda ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Bir kunda kamida 400 gr meva va sabzavotlar tanovul qiling.

Nasiba Rajabova, shifokor