O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ko‘ksaroy» qarorgohida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni kutib oldi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov maxsus shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Faxriy qorovul bo‘linmasi boshlig‘i raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan o‘tib, o‘zbek harbiy xizmatchilarini qutladilar va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatdilar.
So‘ng Prezidentlar rasmiy delegasiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.