Burun qonashi o‘ta jiddiy kasalliklarning ham belgisi bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik burun qonashiga e’tiborsizlik bilan qaraydi. Agarda burun qonashi vaqtida to‘xtatilmasa, ko‘p qon yo‘qotib o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Burun qonashining sabablari quyidagilar:
Burun devori va qon tomir kasalliklari;
Qonni suyuq va quyuqligini ta’minlovchi tizimlar buzilishi bilan kechuvchi qon kasalliklari;
Qon bosimining ko‘tarilishi.
Jigar va buyrak kasalliklari.
Shuningdek, burun qonashining sababi qon va jigar kasalliklari yoki qon bosimini ko‘tarilishi bo‘lsa, ularni vaqtida davolamaslik kasallikning og‘ir asoratlanishiga sabab bo‘ladi.
Akbar Madaliyev, shifokor