O‘zbekistonda o‘tgan 5 yillik qisqa davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan.
MDH mamlakatlari ichida o‘tgan 5 yil davomida gidroenergetika sohasida yangi GESlarni foylalanishga topshirish bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi o‘rinni egallamoqda. Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida Rossiyada jami 6 ta, Tojikistonda 1 ta, Qozog‘istonda 3 ta, Ozarbayjonda 5 ta, Belarusda 2 ta yangi GESlar ishga tushirilgan. Ukraina, Moldova, Gruziya, Qirg‘izistonda yangi GESlar ishga tushirilmagan.
“Mamlakatimizning esa, bu borada yuqori ko‘rsatkichni qayd etgani sir emas. O‘tgan 5 yillik qisqa davr mobaynida 11 ta yangi GES qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 9 ta GES modernizatsiya qilinib, yangi quvvatlarda ishga tushirildi”, — deyilgan xabarda.