Joriy yilning 18-22 iyul kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Eron hududidan issiq havo kirib kelishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;
Farg‘ona vodiysida 41-43darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.
18-24 iyul kunlari tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlari: So‘x, Farg‘ona tumanlari va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.