Los-Anjelesdagi XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 2028-yilning 14-iyulida bo‘lib o‘tadi, musobaqa rasman 30-iyulda yakunlanadi, deb yozadi “TASS” Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib.
Bundan tashqari, 2028 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarining o‘tkaziladigan sanalari ma’lum bo‘ldi – tantanali marosim 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, sport musobaqalari 27 avgustda yakunlanadi.
Los-Anjelesdagi yozgi Olimpiya o‘yinlari 2017-yil sentabr oyida Lima shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 131-sessiyasida e’lon qilingan edi. Los-Anjeles uchinchi marta o’yinlarga mezbonlik qiladi — shaharda ilgari musobaqalar 1932 va 1984 yillarda o’tkazilgan.