20 iyul kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti xabar qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 27-32 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, baʼzi tumanlarda chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-boʻronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.