Maymunchechakning xavflilik darajasi ma’lum qilindi

Rossiyalik virusolog, tibbiyot fanlari doktori, Gamaleya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi professori Anatoliy Altshteyn maymunchechakning xavfli jihatini ma’lum qildi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Unda ta’kidlanishicha, maymunchechak koronavirus kabi millionlab odamlarga yuqmaydi, biroq kasallikdan o‘lim darajasi yuqori bo‘ladi. «Ushbu virusning yuz minglab va undan ham ko‘proq odamlarga keng tarqalishi bizga tahdid solmaydi, maymunchechak faqat kasal odam bilan yaqin aloqada bo‘lish orqali yuqadi. Kasallik bemordan boshqasiga 10 martadan ko‘p bo‘lmagan holda yuqadi. Bu xususiyat virusning tez tarqalishining oldini oladi. Maymunchechakning xususiyati har bir yuqishda zaiflashadi. Virus hayvonlardan odamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqsa, uning o‘lim darajasi juda yuqori bo‘ladi.
Hayvondan odamga birinchi yuqishida virus juda xavfli bo‘lib, 1 dan 10 foizgacha o‘limga olib kelishi mumkin. U odamdan odamga ko‘proq tarqalgach, o‘zining o‘limga olib keladigan xususiyatlarini yo‘qotadi», — deb ma’lumot berdi u.

Odamlar bu infeksiya faqat Afrikada hayvonlardan, dunyoning boshqa mintaqalarida esa odamdan odamga yuqishini qayd etgan.

Avvalroq maymunchechakning uchta asosiy alomati ma’lum qilingan edi. Shuningdek, maymunchechak 50 ta yangi mutasiyaga uchragani aniqlangan edi.