Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zolari Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda «BMP Smart Decision Private Limited» xorijiy kompaniyasi tomonidan bog‘ hududida rekonstruksiya qilish, bino inshootlarini qurish va xorijdan olib kelingan attraksionlar hamda o‘yin qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda va shu maqsadda 71 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.
Gʻafur Gʻulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i joriy yilning birinchi sentyabridan ishlay boshlaydi.