Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor Buloqboshi tuman Tibbiyot birlashmasi hisobidan 50 nafar undiruvchilar foydasiga jami 125 mln. 888 ming 832 so‘m ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Buloqboshi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor birlashmaning rahbari va bosh iqtisodchisi ijro hujjati bilan tanishtirilib, qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etishligi haqida ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida jami 125 mln. 888 ming 832 so‘m ish haqi pullari to‘liq undirilib, undiruvchilarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.