Buxoroda “Taftish uz” rasmiy internet nashrining muxbiriga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Jondor tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan A.Z., “Taftish uz” rasmiy internet nashrining maxsus muxbiri o‘zining vakolatiga kirmasada M.D. ismli shaxsdan boshqa bir fuqaro B.A. ning foydasiga majburiy ijro byurosi orqali undirilishi lozim bo‘lgan 5.000.000 so‘m moddiy zarar summasini undirishni to‘xtatib qo‘yish evaziga 1.000.000 so‘m miqdordagi pullarni so‘rab, aldov yo‘li bilan avval 200.000 so‘mni qo‘lga kiritib, so‘ng qolgan 800 000 so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan “Taftish uz”rasmiy internet nashrining muxbiri Z.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.