Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida Afg‘oniston hukumatini jahon hamjamiyatining asosiy talablariga rioya qilishga chaqirdi.
Murojaatda Afg‘onistonning hozirgi hukumatini terrorizmning har qanday shakli va ko‘rinishlarining oldini olish va ularga qarshi kurashish, barcha xalqaro terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalarni uzish uchun o‘zining qat’iy irodasini namoyon etib, keskin choralar ko‘rishga chaqiriladi.
Qayd etilishicha, bu muvaqqat hukumatga ishonchning mustahkamlanishiga olib keladi.
“Shuningdek, Afg‘oniston uchun yon atrofdagi davlatlar va xalqaro hamjamiyat bilan do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro foydali hamkorlik muhitida barqaror taraqqiy etish bo‘yicha aniq istiqbollarni ochadi”, deyiladi Shavkat Mirziyoyevning murojaatida.
Dilbar Rajabova tayyorladi