Supermarketlar yaroqlilik muddati tugagan mahsulotlarni muhtojlarga berishni boshlaydi — Rossiya

Rossiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri muddati o‘tgan mahsulotlarni muhtojlarga tarqatish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda “MIR 24” ma’lum qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, oziq-ovqat almashuvi loyihasi birinchi bosqichda Moskva va Chelyabinskdagi bir nechta do‘konlarda tashkil etiladi.

Supermarketlar xodimlari har kuni yaroqlilik muddati yaqin kunlarda tugaydigan non mahsulotlarini tanlab olishadi. Shundan so‘ng, ko‘ngillilar do‘kondan tanlangan mahsulotlarni olib, tezda muhtoj odamlar ro‘yxatiga tarqatadilar. Ushbu tashabbusni Rossiyaning boshqa shaharlaridagi ko‘proq do‘konlarga kengaytirish, shuningdek, oziq-ovqat almashinuvi doirasida o‘tkaziladigan tovarlar toifalarini kengaytirish rejalashtirilgan.