Olimlar yashil bananning saratonga qarshi xususiyatlarini aniqlashdi

Britaniyalik olimlar saraton kasalligining genetik xavfi yuqori bo‘lgan ming kishini tanlab olib, ularda tadqiqot o‘tkazdilar. Olimlar ishtirokchilarni maxsus parhezga amal qilishini tayinlashgan: ikki yil davomida ular bir kunlik pishmagan bananga teng chidamli (hazm bo‘lmaydigan) kraxmalni qabul qilishgan. Tegishli tadqiqot natijalari Cancer Prevention Research jurnalida chop etildi.

Gap shundaki, yashil bananlarda juda ko‘p chidamli kraxmal mavjud bo‘lib, u ovqat hazm qilish sharbatlari ta’siriga chidamli va o‘simlik tolasi xususiyatlariga ega.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, chidamli kraxmal ichakdagi bakteriyalar turini o‘zgartirishi va oshqozon, qizilo‘ngach, oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoqli ichak saratoni xavfini kamaytirishi mumkin. Bananlardan tashqari, ushbu kraxmal loviya va jo‘xori unida mavjud.