Andijon viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ rahbari N.S. Bo‘ston tumanidagi “Buyuk turon chorvasi” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgan.
Holat bo‘yicha Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, N.Sning marhum akasi rahbarlik qilgan “Bo‘z Iqbol chorvasi” MCHJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda.
Har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.