Zamonaviy tibbiyotda kaminvaziv muolaja va diagnostika usullari keng ommalashmoqda. Sohaga doir yangi ixtiro va kashfiyotlar jarayonida ham shunga erishish maqsad qilinyapti.
Yaqinda bir guruh xalqaro tadqiqotchilar bu borada navbatdagi izlanishlarini yakunladi. Natijalar kutilganidek ijobiy bo‘ldi. Shu tariqa ko‘z yoshi bezlari sekresiyasi orqali inson organizmidagi kasalliklarni aniqlay oladigan yangi tizim ishlab chiqildi.
Bizga ma’lumki, an’aviy diagnostikada asosan peshob, qon va tupuk kabi biologik belgilardan foydalanib kelinadi. “ACS Nano” jurnalining yozishicha, endi tibbiyot yanada oson va qulay tashxis jarayoniga ega bo‘ldi.
To‘qqiz yuz nafar ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, yangi tizim ko‘z yoshidan, avvalo, ekzosoma biomarkerlarini, so‘ngra ulardagi oqsillarni samarali ajratib oladi.
Tadqiqot mualliflarining xulosasiga ko‘ra, bu yangilik nafaqat ko‘z kasalliklari, balki qandli diabet, saraton kabi boshqa xastaliklarni ham tez va oson aniqlash imkonini beradi.