Dunyoning eng mashhur brendi nomi eʼlon qilindi

Italiyaning Gucci modalar uyi eng mashhur brendlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda «WWD» maʼlumot berdi.

Reyting moda industriyasida isteʼmolchilarni tahlil qilishga ixtisoslashgan «Lyst» platformasi tomonidan tuzilgan. Ushbu brend reytingda Balenciagani ortda qoldirgan. Xususan, Gucci va Adidas hamkorligi iyun oyida italyan brendi uchun onlayn qidiruvlar sonini 286 foizga oshirgan.

Balenciaga mashhurlik reytingida ikkinchi oʻringa tushgan. Biroq brend yana birinchilikni qoʻlga kiritishi mumkin, chunki Parijda uning podiumida Dua Lipa (britaniyalik qoʻshiqchi), Kim Kardashyan (amerikalik aktrisa, fotomodel), Nikol Kidman (amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi) ishtirok etgani taʼkidlangan.

Uchinchidan oʻninchi oʻringa Prada, Valentino, Louis Vuitton, Dior, Miu Miu, Fendi, Diesel i Burberry brendlari kirgan. Reytingda keyingi oʻrinlarni ersace, Nike, adidas, LOEWE, Dolce & Gabbana, Saint Laurent, Bottega Veneta, Moncler, Off-White™ va 20-oʻrinni Jacquemus egallagan.

Eslatib oʻtamiz:
Avvalroq smartfon sotuvi boʻyicha IT kompaniyalar reytingi eʼlon qilingan edi. Shuningdek, dunyodagi eng qimmat brendlar reytingi ham mavjud.

Dilbar Rajabova tayyorladi