Ijtimoiy tarmoqlarda ikki erkak ikki ayolni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
2022 yilning 21 iyul kuni Samarqand tumani Yangiariq MFY hududida 1980 yilda tug‘ilgan S.R., 1987 yilda tug‘ilgan A.B. hamda 1991 yilda tug‘ilgan I.Sh va Yo.I.lar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjal sodir bo‘lgan.
Janjalda S.R. va A.B.lar, I.Sh va Yo.I.larni urib, ularga tan jarohati yetkazishgan.
Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari chiqib, holat rasmiylashtirilgan.
Hozirda Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.