Qarzdorning “JENTRA” avtomashinasi sotildi

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochilib, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklart tomonidan turli imtiyozli shartlar asosida kredit mablag‘lari ajratilmoqda.

Imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga o‘zining mehnati bilan hissa qo‘shayotgan hamda kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlarmiz ko‘plab uchraydi.

Biroq, ayrim tadbirkorlar bu ma’suliyatni unitib qo‘yishmoqda.
Ana shunday ma’suliyatini unitgan tadbirkorning avtomashinasi “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali sotildi.

Byuroning Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Gʻijduvon tumanlararo sudining 16.04.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Imkon metall servis baraka” MCHJdan undiruvchi ATB “Agrobank” Qiziltepa filiali foydasiga 806.018.000 so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan “JENTRA” rusumli avtotransport vositasiga qaratish belgilangan bo‘lib, majburiy ijro harakatlari davomida kredit shartnomasidagi taraflar o‘rtasida tuzilgan kelishuv dalolatnomasiga asosan mazkur avtomashina 75.000.000 so‘m qiymatda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarilgan edi.

Joriy yilning 20.07.2022 yilda o‘tkazilgan auksion savdolarida mazkur avtomashina 96.750.000 so‘mga sotilib, auksion savdolaridan tushgan pul mablag‘lari belgilangan tartibda taqsimlandi.