Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 12 ta xorijiy davlatga qiymati 16,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 35,3 mingta kondisioner eksport qilgan.
Kondisioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5117 taga oshganligi ko‘rinadi.
O‘zbekiston 2022 yilning 6 oyida kondisioner eksport qilgan davlatlar quyidagilar:
- Ozarbayjon – 15 318 ta
- Tojikiston – 6525 ta
- Qozog‘iston – 3534 ta
- Qirg‘iz R. – 3078 ta
- Rossiya – 2826 ta
- Turkmaniston – 2673 ta
- Turkiya – 492 ta
- Moldova – 459 ta
- Armaniston – 350 ta.
Eslatib o‘tamiz:
Avval O‘zbekiston xorijdan kondisioner olib kelishni ko‘paytirgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 ta davlatdan kondisioner import qilgan.