“Al-Qoida”ning bin Ladendan keyingi yetakchisi o‘ldirildi

Afg‘oniston poytaxtida AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) uchuvchisiz havo qurilmasi hujumi natijasida “Al-Qoida” yetakchisi Ayman al-Zavohiriy o‘ldirildi. Ushbu shaxs Usama bin Laden o‘limidan so‘ng terrorchilik guruhini nazorat qilgan.

Bu haqdagi ma’lumotni 1-avgust, dushanba kuni Reuters agentligiga amerikalik rasmiylar tasdiqladi/

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu “Al-Qoida”ga uning asoschisi Usama bin Lodin 2011 yilda o‘ldirilganidan beri eng kuchli zarba bo‘ldi.

Dron hujumi 31 iyul kuni amalga oshirilgani xabar qilingan. «Tolibon» so‘zchisi Zabihulloh Mujohid zarbani tasdiqladi va uni “xalqaro tamoyillar”ning buzilishi sifatida keskin qoraladi.

Oq uy ham 31 iyul kuni Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda aksilterror operasiyasini o‘tkazgani, natijada ular «Al-Qoida» yetakchisini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lganini tasdiqladi.

Vashingtonning qayd etishicha, operasiya davomida “tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q”.