Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bu yilgi test sinovlari 8 avgustdan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Test o‘tkazish vaqtlari oldingi yilgi tajribadan kelib chiqib, birinchi smena 07:00 dan 10:00 gacha, ikkinchi smenani 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazish mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, bu yil davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari 8459 ta etib belgilangan.