Shimoliy Danimarka Universitetida bir guruh tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan yangi izlanishlar, ayol va erkaklarning qancha umr ko‘rishlari bilan bog‘liq fikrlar borasida yangi bahs-munozaralar boshlanishiga sabab bo‘ldi.
Tadqiqotchilar, ko‘pchilik tarafidan e’tirof etilgan “Ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘proq yashaydi” degan xulosaning butunlay noto‘g‘ri ekanini va erkaklarning 100 dan 25-50 tasining ayollardan ko‘ra uzun umr ko‘rishini aniqladi.
Danimarka Universitetiga qarashli Aholining fanlararo Dinamikasi markazi tomonidan olib borilgan tahlillar, 199 ta davlatdan yig‘ilgan 200 yillik ma’lumotlar asosida erkak hamda ayollarning umr ko‘rish vaqti o‘rganilmoqda. BMJ open nomli jurnalda nashr qilingan tahlillarga ko‘ra, oila qurgan yoki talaba bo‘lgan erkaklarning umri ayollarnikidan yuqori. Tadqiqotchilar, izlanish olib borgan davlatlarda har 4 ta erkakdan 1 ta yoki 2 tasining ayollardan ko‘ra ko‘proq umr ko‘rishini aniqlashdi.
Erkaklar barqaror munosabatlardan manfatdordirlar
Tahlillar natijasiga ko‘ra, ayni paytda erkaklarning ayollardan ko‘proq umr ko‘rishlari kuzatilgan davlatlarda erkaklar soni ortib bormoqda.
Mutaxasislar, natijalarning bunday o‘zgarishiga sabab ichkilik hamda chekish kabi zararli odatlarning ham sabab ekanligini ta’kidlashmoqda. Erkaklar 20 va 30 yoshlarida ichkilik va chekish odatiga ko‘p ruju qo‘yishlari ham 60 yoshlarda o‘limning ko‘payishiga sabab bo‘lishiga diqqatni qaratadilar.
Juftlarning o‘zaro munosabatlari ham bu borada o‘z ta’siriga egaligini aytgan tadqiqotchilar, erkaklarning barqaror munosabat va totuv oila muhitida bo‘lishlarini o‘zlari uchun ayollardan ham ko‘proq foydali deb bilishlarini, buning esa umr ko‘rish ko‘rsatkichiga ta’sir qliishini ifodalashdi.
Mutaxasislar, umumiy ma’noda ayollar haliyam erkaklardan ko‘ra ko‘proq yashashini, lekin o‘rtadagi farq taxminlardan ham oz ekanligini aytishmoqda. Bu borada yanada aniq xulosaga kelish uchun esa davlatlarda alohida izlanishlar olib borilishi lozim.
Dilbar Rajabova tayyorladi