Tailandning Chonburi provinsiyasidagi Mountain B tungi klubida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters agentligi huquq-tartibot idoralariga tayanib ma’lum qilmoqda.
Polisiya polkovnigi Vuttipong Somjayning ta’kidlashicha, yong‘in juma kuni soat 1:00 da boshlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha aniqlangan barcha qurbonlar Tailand fuqarolari. Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar orasida xorijliklar yo‘q.