AQSHning Pensilvaniya shtatidagi ikki qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda CBS polisiyaga ma’lumotlariga tayanib.
Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola borligi aytilmoqda. Bino butunlay yonib ketgan.
Huquq-tartibot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, uyda bo‘lgan uch kishi qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Yong‘in sababi noma’lum, tergov harakatlari olib borilmoqda