Erdo‘g‘an va Putin Sochida Suriya va Liviya masalasini muhokama qildi

Prezident Rajap Toyyib Erdo‘g‘an va Rossiya Davlati prezidenti Putin Rossiyaning Qoradengiz sohilidagi dam olish maskani Sochida uchrashdi.

Erdo‘g‘an ushbu uchrashuvda ikki davlatning siyosiy, iqtisodiy hamda tijoriy masalalarining ko‘rilganini ta’kidladi.

Shuningdek, muzokara chog‘ida Suriya va Liviya haqida so‘z bordi. Har ikkala lider Suriyadagi barcha terror guruhlarga qarshi birgalikda harakat qilish kerakligiga alohida to‘xtaldi.
Liviyaning tinchligi, mustaqilligi ular uchun muhim ekanligini tilga olishdi.

Rossiya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Turkiya Rossiyaga, sotib olgan gazi uchun Rus rubli bilan to‘lov qilishga rozi bo‘ldi.
Prezidentlarning oldida turgan kundalik masalalardan yana biri esa Ukrainada davom etayotgan urush hamda g‘alla eksporti mavzusidir.

Ushbu uchrashuv Turkiya va Rossiya munosabatlarida yangi sahifa ochilishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an Suriyaning tinchligi uchun ham ijobiy natija bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz: Erdo‘g‘an va Putin 19 iyulda Eronning poytaxti Tehronda uchrashishgan edi.

Dilbar Rajabova tayyorladi