Qonun ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Endilikda davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyatini baholash, xizmat pog‘onalarida o‘stirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash, xizmatni tugatish masalalarida sub’yektiv yondashuvlarga barham beriladi.
Fuqarolik xizmati sohasida vakolatli organ etib — Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi belgilandi.
Umid qilamizki, qonun amal qiladigan barcha idoralar uning talablariga to‘liq rioya etadilar.
Eng muhimi qonun davlat xizmati sohasidagi korrupsiya darajasini sezilarli pasayishiga hissa qo‘shadi.