Sobiq AQSH prezidenti Donald Tramp Amerika Federal Tergov Boshqarmasi, Florida shtatining Mar-a-Lago mintaqasidagi uyiga hujum uyushtirganini ta’kidladi.
Donald Tramp, o‘zining yozma bayonotida “Uyim ko‘p sonli FBI agentlari tarafidan egallab olindi” dedi.
Tramp ushbu holat yuzasidan bergan izohida “Bunday hujum faqatgina uchinchi dunyo mamlakatlarida bo‘lishi mumkin” dedi hamda 2024 yildagi prezident saylovida o‘z nomzodini qo‘yishiga to‘sqinlik qilish uchun bu ish amalga oshirilganini aytdi.
FBI agentlari qo‘lida tintuv o‘tkazish uchun ruxsatnoma bilan kelib, hatto uydagi seyfni ham ochganliklarini bildirgan Tramp, “Bu tintuv umuman keraksiz va nomunosib ish” dedi.
Qolaversa, Tramp shu kungacha barcha ishlarda doim hukumat a’zolari bilan birgalikda ish olib borganini ta’kidladi. Sobiq AQSH prezidenti uyi tintuv qilingan paytda Floridada emasdi.
JNN televideniyesining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Tramp bu vaqtda Nyu Yorkda Tover binosida edi. Baydenning yonidagi rasmiylar ham tintuv haqida hechqanday xabarlari yo‘qligini aytishdi.
FBI va AQSH Adolat Vazirligidan ushbu vaziyat bilan bog‘liq biror izoh berilmadi.
Amerika ommaviy axborot vositalarida esa tintuvning, Trampning o‘tgan yil yanvarda Oq Saroydan jo‘nab ketganida ba’zi yashirin ma’lumotlarni olishi bilan bog‘liq ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.
Trampning o‘g‘li Erij Tramp, AQSH Adolat Vazirligining tintuviga sabab, otasi 2021 yil yanvarda Oq Saroydan ketganida olib ketilgan ayrim ma’lumotlar bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Trampning noqonuniy ravishda prezidentlik davridan qolgan bir qancha ma’lumotlarni yirtib tashlagani iddao qilinmoqda. Milliy Arxiv Xizmati ba’zi ma’lumotlar yozilgan qog‘ozlar yopishtirilgan degandi. Tramp esa bu ma’lumotlarga qarshi zlaroq “Bu gaplar soxta xabardan boshqa narsa emas” degandi.
Amerika Kongresi ham haligacha 2021 yil 6 yanvarda Kongres binosiga uyushtirilgan hujum haqida surishtiruv olib bormoqda.
Bu surishtiruvning markazida esa Tramp turibdi.
Tramp o‘sha hujumni TV orqali ko‘rayotganining tasviri tarqalgan edi. Shuningdek, hujumni to‘xtatish uchun hechqanday qarshi harakat qilmagani ta’kidlangan edi.
Dilbar Rajabova tayyorladi