Turkiya hukumati migrasiya qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritdi. Qrim-tatarlar “turkiy ildizlarga ega vatandoshlar” deb tan olindi, bu ularga tezda mamlakatda uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, bundan oldin Turkiyada kamida sakkiz yil doimiy bo‘lgan xorijliklargina bunday turdagi yashash ruxsatnomasini olishlari mumkin edi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qrim-tatarlarga uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnomani 2022 yil iyun oyida Ichki ishlar vazirligi rahbari Sulaymon Soylu imzolagan.
Hujjatni olish uchun xohlovchilar bo‘lim veb-saytida uchrashuvga yozilishlari kerak. Shundan so‘ng hududiy migrasiya bo‘limiga kelishlari kerak.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, Ukrainada maxsus operasiya boshlanganidan keyin Turkiyaga turkiy millatga mansub bir necha ming kishi kelgan. Ular mamlakatning besh viloyatidagi qochqinlar markazlariga joylashtirilgan.