Dunyo miqyosida tan olingan tabobatning otasi Ibn Sino o‘zining ming yillar oldingi tajribalari bilan bugungi kunimizdagi salomatlik borasidagi muammolarga ham yechim topib bermoqda. Jumladan, hozirda dolzarb masala bo‘lib turgan buyrak toshi kasalligiga ham tavsiyalar bergan. Tavsiyalari esa tabiiy yo‘llar bilan amalga oshadi.
Limonli choy, uzum bargi qaynatmasi, yalpiz damlamasi ham buyrakda tomchilarni qisqartirishni yaxshilaydi, tosh yoki tuzlarni siljishiga yordam qiladi, marvaridgul gullari, qayin barglari, archa mevalari, ukrop mevasi, petrushka mevasi, qora marjon gullari , qora zira mevalari, gul yaproq o‘ti, qirq bo‘g‘in o‘ti, yer tuti barglari ham buyrak faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Tarvuz siydik yo‘llari va buyraklardagi tuz yoki toshlarni eritadi. Har kuni (3 kg dan 1 kunda 3 marta 1 kg dan) tarvuz iste’mol qilinadi. Po‘chog‘i qaynatilib, suzib ichiladi va har kuni 3 – 4 marta vanna qilish va yengil jismoniy mexnat qilinadi. Buyrak va siydik yo‘llarini tozalashni kuz faslida qilgan ma’qul. Lekin buyrak va siydik yullarini tozalash zarurati tug‘ilsa ularni har doim ham tozalash mumkin.
Buyraklarni na’matak tomiri qaynatmasi bilan yuvish muolajasi uchun 2 osh qoshiq maydalangan na’matak tomirlari 200gr suvda 15 daqiqa qaynatiladi, sovutib, dokada suziladi. 1 kunda 3 mahal 1 stakandan ovqatdan yarim soat oldin ichiladi. Na’matak mevasini ham shunda ishlatish mumkin.
Ibn Sino buyrak toshi kasalligiga davo sifatida tarvuz urug‘ining mag‘zi yoki uzum urug‘ini, shuningdek, oshko‘k yoki anis urug‘ini iste’mol qilishni tavsiya qilgan.
Dilbar Rajabova tayyorladi