O‘zbekistonda 18–25 avgust kunlari telekanallar faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioyeshittirish va televideniye markazi” DUKning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Navbatdagi profilaktika ishlarini joriy yilning 18-25 avgust kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha vaqt oralig’ida hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.
18 avgust kuni Respublika miqyosida va 19-25 avgust kunlari har bir hududda navbatma-navbat viloyatlarda faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.
“Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.