Yozuvchi Salmon Rushdiy, Nyu Yorkda pichoqlandi

Asli Hindistonlik bo‘lgan Ingliz yozuvchisini “Shayton oyatlari” kitobi tufayli 1989 yilda o‘ldirishga qasd qilishgan va tahdid ostida qolgan Salmon Rushdiyga Nyu Yorkda pichoq bilan hujum qilindi.

Nyu York davlati polisiyasi kuzatib yurgan bir erkak sahnaga otilib chiqib, Rushdiyni bo‘ynidan pichoqlaganini bildirdi.

Vertolyot bilan kasalxonaga olib borilgan Rushdiy operasiya qilindi.
Polisiya nazoratidagi shubhali shaxs 24 yoshli Hadi Matar ismli yigit ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Biroq hali Matarning aybdor ekanligi haqida biror izoh berilmadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rushdiyning bu birinchi bor pichoqlanishi emas, u avval ham bir necha bor pichoqlangan.

Voqeaga guvoh bo‘lganlar sahnaga niqob kiygan odam otilib chiqib, Rushdiyga takror-takror pichoq urganini, tomoshabinlar orasidagi o‘n-o‘n beshta kishi Rushdiyga yordamga oshiqqanini aytadi.

Rushdiy o‘zining “Shayton oyatlari” kitobi uchun yillar davomida tahdid ostida qolgan hamda 9 yil yashirinib yashashga majbur bo‘lgan.
Rushdiy pichoqlangan vaqtida Chautakua Institutida o‘tkazilayotgan tadbirda nutq so‘zlayotgandi.
U bilan birga sahnada turgan yana bir kishi, Genriy Reyese ham boshidan yaralangan. Reyese, tahdid ostidagi va surgun qilingan yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash markazida faoliyat olib boradi.

Salmon Rushdiyning “Shayton oyatlari” kitobi 1988 yilda nashrdan chiqqan, shundan keyin Eron lideri Oyatulloh Humayniy unga o‘lim fatvosini berdi. Shu kitob bilan bog‘liq faoliyat olib borgan tarjimonlar va uni targ‘ib qilganlardan jami 59 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Rushdiy bu kitobi sabab musulmonlarning qattiq nafratiga duchor bo‘ldi. Eron hukumati Humayniyning qarorini keyinchalik unutib yuborgan bo‘lsada Rushdiyning hayotiga nisbatan qasd qilish haligacha davom etmoqda.

Dilbar Rajabova tayyorladi