Past qon bosmini birgina qahva bilan davolab bo‘lmaydi. Gipotoniyaning klinik ko‘rinishi asosan charchoqhissi, ishlash samaradorligining pasayishi, bosh og‘rig‘i, lanjlik, o‘rindan turganda ko‘z oldining qorong‘ulashishi, uyqu kelishi, ba’zan esa hatto bosh aylanishi bilan kuzatiladi. «Ortodoks» tibbiy portali shu haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.
Gipotoniya — jiddiy kasallik va bu yerda o‘zboshimchalik bilan davolanib bo‘lmaydi. Murojaat qilinishi kerak bo‘lgan shifokor — kardiolog, u to‘liq tekshiruv o‘tkazib, sababini aniqlaydi va sizning kasalliklar tarixingizdan kelib chiqib, zarur dori vositalarini belgilaydi.
Past qon bosimi bilan kurashishning bir necha varianti mavjud:
- Suv. Gipotoniklar kuniga odatdagidan 2-3 stakan ko‘proq suv ichishi kerak. Bu ularga qon bosimni me’yorda ushlab turishga yordam beradi.
- Uyqu. Gipotoniklar 9-10 soat uxlashi kerak. Bu vaqt ularga kun davomida sarflagan kuchlarini qayta tiklashga yordam beradi.
- Faol hordiq va piyoda sayr qilish. Harakat — bu hayot. Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullaning. Eng yaxshi dori — piyoda sayr qilish, suzish, serharakat o‘yinlar. Bizning barcha harakatlarimiz qon aylanishini yaxshilaydi, u tomirlar bo‘ylab harakatlanib, tanadagi barcha organlarni ishlashga majbur qiladi va natijada umumiy jismoniy holat yaxshilanadi.
- Dush. Kontrast dush juda foydali, chunki u qon tomirlar holatini yaxshilaydi. Sovuq suv quyish, sauna, uqalash va h.k. Biroq shuni yodda tutish lozimki, harorat rejimini keskin o‘zgartirish (sovuqdan issiqqa chiqish) mumkin emas. Bu hatto hushni yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.
- Past qon bosimi kuzatiladigan kishilar o‘rinlaridan keskin turishlari tavsiya etilmaydi. Keskin qo‘zg‘alish natijasida gipotonik hushini yo‘qotishi mumkin.
- Uqalash. Su Jok terapiyaga ko‘ra, quloqlar organizmning eng ta’sirchan nuqtalaridan biridir. Uqalash mashqlarini qo‘lda yoki biror ingichka predmet, masalan, gugurt cho‘pida amalga oshirish mumkin. Gugurt cho‘pi yordamida qulog‘ingizdagi eng og‘riqli nuqtani topib, o‘zingizni yaxshi his qilmaguningizcha uqalayvering. Avval og‘riqli nuqta atrofini (20 soniyacha), keyin esa og‘riqli nuqtalarni bosib uqalanadi.
Bosim kuchi va chastotasini, shuningdek ta’sir nuqtalarini o‘zgartirib turing, ora-orada tanaffus qiling. Agar bosh aylanishi, kuchsizlanish yoki boshqa belgilar namoyon bo‘la boshlasa, uqalash mashqlarini to‘xtating. Qo‘l va oyoqlaringizdagi barmoqlar uchlarini uqalang, ular deyarli butun tana a’zolariga ta’sir o‘tkazadi.
Agar gipotoniyadan aziyat chekayotgan bo‘lsangiz, unutmang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda. O‘zingizga qanday munosabatda bo‘lsangiz, shunday his qilasiz. Shunday ekan, sog‘liq borasida qayg‘urishni orqaga surmang. Yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling va salomat bo‘ling!