Chexiyada uchayotgan tarixiy jangovar samolyot uyning ustiga qulab tushdi

Chexiyaning Cheb shahrida aviasiya kunida ikkinchi jahon urushidan qolgan Hawker Hurricane Mk.IV. rusumli jangovar samolyot, muvozanatini yo‘qotib, Podhrad shahridagi bir uyning ustiga qulab tushdi. Baxtsiz hodisada uchuvchi olamdan ko‘z yumdi, 1 kishi yengil jarohatlandi.
Voqea kuni kecha mahalliy vaqt bilan 15:30 ro‘y berdi.

“Samolyotning qulab tushganini kim ko‘rgan bo‘lsa, biz bilan aloqaga chiqsin”

Karlovy Vary shahrining tez tibbiy yordam xizmati nomidan hodisaga izoh bergan Radek Hes uchuvchi o‘sha paytning o‘zida vafot etganini, bir kishi esa yengil jarohat olganini, boshqa yaralanganlar yo‘qligini aytdi.

Ichki ishlar xodimasi Katrina Peskova esa, “Voqea yuz bergan joyda bitta vertolyot va bitta dron bilan ish olib boryapmiz. Baxtsiz hodisa haqida ma’lumot to‘plash uchun Aviahalokatlarni tekshirish ofisi bilan birgalikda ishlayapmiz. Samolyotning qulaganini ko‘rgan yoki kamerasiga qayd etganlar bo‘lsa, iltimos, biz bilan bog‘lansin” dedi.

Dilbar Rajabova tayyorladi