Isroilning, Suriyaning g‘arbidagi Tartus viloyatiga hujum uyushtirgani aytilmoqda. Asad rejimining agentligi xabar qilishicha, Suriya havo kuchlari mudofaasi tizimlari shay holatga keltirildi.
Mahalliy vaqt bilan 20:50 da Tartus atrofidagi rejim kuchlariga oid ba’zi joylarga Isroil tomonidan havo hujumlari qilingani iddao qilindi.
Xabarda, “Havodagi himoya tizimlarimiz hujum qilgan dushman raketalarining ayrimlarini qulatdi” deyiladi.
Shiddatli portlash ovozlarining eshitilgani aytilgan xabarda, rejimdagi armiyaning 3 ta askari olamdan o‘tgani bildirildi.
Tartus viloyati va qishlog‘ida, rejim armiyasidan tashqari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan terrorist guruhlar hamda Hizbullohga tegishli askariy belgilar topilganini aniqlangan.
Isroil tashkilotidan bu borada hali hechqanday izoh berilmadi.
Asad rejimi, Isroilning 22 iyulda Suriyaning poytaxti Shomga hujum uyushtirganini aytgandi.
Isroil rasmiylari esa Suriya hududlariga qilingan hujumlar to‘g‘risida biror izoh berishdan qochmoqda.
Isroil, ichki nizolar boshlangan vaqt — 2011 yildan buyon Suriyada vaqti-vaqti bilan Eron tarafidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlarga va rejimga tegishli armiya hududlariga hujumlar uyushtirib kelmoqda.