Buyuk Britaniyada Boris Jonsonning iste’fosidan keyin bosh vazirlikka nomzodini qo‘ygan Rishi Sunakning oyoq kiyimi kun mavzusi bo‘ldi. Sunak ishtirok etgan bir tadbirda uning oyoq kiyimining tagi teshik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sobiq Moliya Vazirining bu harakati atay qilingani aytilmoqda. Shuningdek, Sunakning “Davlatni idora qila olmaydigan boy” degan tanqidiy fikrlarga nisbatan shunday javob qaytarishni istagani bilan izohlanmoqda.
Boris Jonsonning iste’fosidan keyin bu amal kursisiga kim o‘tirishi barchani qiziqtiryapti. Bu borada ikki raqib bo‘lib, biri Moliya Vaziri Rishi Sunak, yana biri esa Tashqi ishlar Vaziri Liz Trussdir.
Ularning raqobati shiddat bilan davom etmoqda va hatto modelerlar orasida ham bahsli mavzuga aylandi. Jumladan, ommaviy axborot vositalarida Trussning 4,5 sterlinglik ziraklari haqida so‘z yuritilib, unga qiyosan Sunakning 3500 sterling qiymatidagi kostyum hamda 450 sterlinglik oyoq kiyim kiygani haqida aytilgandi.
Shundan keyin Sunak, o‘zi ishtirok etgan tadbirga tagi teshik oyoq kiyimda tashrif buyurdi.
So‘ngi o‘tkazilgan so‘rovnomada Tashqi ishlar Vaziri Liz Truss oldinda ekanligini ko‘rsatdi. Rishi Sunak esa 22 ball bilan Trussdan ortda qoldi.
Buyuk Britaniyada konservativ partiya boshlig‘i hamda vazirni tayinlaydigan qaror 2 iyulda qabul qilinadi.
Shov-shuvga sabab bo‘lgan yuqoridagi vaziyat haqida Rishi Sunakning o‘zi shunday izoh berdi:
“Odamlarni bank hisobidagi raqamlar tufayli emas, xarakteriga qarab baho beraman. Odamlar oxirgi paytlarda menga xatti-harakatlarimga qarab baho berishmoqda. Men o‘z kuchimga ishonaman va agar vazir bo‘lsam buni a’lo darajada uddalay olaman. Bu mening o‘ziga xos hikoyam”.