Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro A.ga tumandagi “Shifokor” MFY hududida joylashgan 30 sotix zaxira yer maydonini 9 000 AQSH dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 70 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.