Abu Ali ibn Sinoning Tib qonunlari asarida jigar, oshqozonning qator kasalliklarini davolashda pistaga tashqi yaralarni bitiruvchi vosita sifatida katta oʻrin ajratilgan.
Pista surunkali oʻpka kasalliklarini davolashda ham qoʻllaniladi. U nafaqat oʻpka kasalliklarini oldini olishda, davolashda ham samara beradi. Magʻzi ustidagi qatlamdan tayyorlangan eritma esa oshqozon kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni sogʻligʻini tiklashda qoʻl keladi.
Ming yillab davomida Sharqda pistani odam vujudidan zararli moddalarni chiqaruvchi ajoyib davolash vositasi deb hisoblashgan.
Suriyalik tabiblar va fors tabiblari ortiqcha vazndan xalos boʻlish va sarvqomat boʻlish istagidagi odamlarga pista isteʼmol qilishni buyurishgan.