Shayxontohur tumanida fuqaro qalbaki kupyuralarni muomalagа kiritgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro YU.YU. (muqaddam oʻgʻirlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valyutalarni oʻtkazish maqsadida fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona “Iphone 13 pro max” rusumli uyali aloqa vositasini 2 550 AQШ dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga jami 51 dona 50 AQШ dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.