«Bizda quruvchi, madaniyat, taʼlim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud.
Lekin, Yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qoʻshib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning eʼtibordan chetda qolgani adolatdan emas.
Shu bois, koʻp ish oʻrinlari yaratgan, biznesning yangi yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, oʻz sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obroʻ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etish uchun “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etishni taklif qilaman», dedi Prezident ochiq muloqotda.