Turkiya yangi konstitusiyaga muhtoj — Erdo‘g‘an

Turkiyada oxirgi 20 yil davomida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning hozirgi konstitusiyasi 1982 yilda qabul qilingan va qator tuzatishlar kiritilishiga qaramasdan, bugungi zamon talablariga javob bermaydi.

Erdo‘g‘an Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘tgan yili mamlakat konstitusiyasi loyihasini tayyorlagani, ammo tashabbus boshqa siyosiy kuchlar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganini aytdi.

«Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmoqchi emasmiz va bu dolzarb mavzuni yana ko‘taramiz», — dedi Turkiya prezidenti.