Argentina vise-prezidenti Kirshnerga suiqasd uyushtirildi

Kristina Kirshnerni Buenos-Ayresdagi uyi yonida otib o‘ldirmoqchi bo‘lishdi, ammo to‘pponcha ishlamay qoldi. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Vise-prezident jabrlanmagan. Kirshnerni korrupsiya ishi bo‘yicha 12 yilga ozodlikdan mahrum etishni talab qilishyapti.

Argentina vise-prezidenti Kristina Kirshnerga suiqasd uyushtirildi, deb xabar berdi mahalliy OAV 1 sentyabr, payshanba kuni kechqurun. Suiqasd 69 yoshli siyosatchining Buenos-Ayresdagi uyi oldida sodir etilgan. Amaldagi davlat rahbari Alberto Fernandes televideniye orqali qilgan chiqishida aytishicha, olomon orasidan bir kishi Kirshnerga to‘pponcha o‘qtalib, tepkini bosgan, biroq o‘q uzilmagan. To‘pponchaning ishlamay qolishi sababi «texnik jihatdan hali tasdiqlanmagan», deya qo‘shimcha qildi Fernandes.

Hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi. Ichki ishlar vaziri Anibal Fernandesning so‘zlariga ko‘ra, gap 35 yoshli braziliyalik erkak haqida ketmoqda. U nima sababdan bu ishni qilgani noma’lumligicha qolyapti.мм